
Pogba Evropa ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Xabaringiz bor bugun Frantsiyaning Monako shahrida UEFA Evropa ligasining 2017/18 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni musobaqaning o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi ham e’lon qilindi. UEFA prezidenti Aleksander Cheferin “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbani Evropa ligasining eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin bilan taqdirladi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsum Evropa ligasida jami 15ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, MYu o‘tgan mavsum Evropa ligasi finalida Amsterdamning “Ayaks” klubini 2:0 hisobida engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar