
Pogba Frantsiya chempionatiga qaytdi
O‘z vaqtida «Sent-Eten» hamda «Sedan» klublarida to‘p surgan himoyachi Florentin Pogba Frantsiyaga qaytdi.
Erkin agent maqomida yurgan Gvineya terma jamoasining 29 yoshli a’zosi Ligi 2 ishtirokchisi «Sosho» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Florentin «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi sanaladi. Uning to‘p surgan so‘nggi klubi esa MLS ishtirokchisi «Atlanta Yunayted» bo‘lgan.
Fikrlar