Pogba Gvardiolaning taklifini nega rad etgandi?

  • 17 oktabr, 2024, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba "Yuventus"ga o‘tishdan oldin "Manchester Citi" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning taklifini rad etganini tan oldi. Pol 2022 yilda "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan edi.

"Ha, "Yuventus"ning taklifini qabul qilish uchun Pepga rad javobini berganman. Bu haqiqat,” - dedi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Pogba topshirgan doping-test musbat ko‘rsatgich bergan edi. Natijada, 29 fevral kuni antidoping sudi futbolchini 4 yilga diskvalifikatsiya qildi. Pol esa ushbu qaror ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Joriy yilning 7 oktyabr kuni Sport arbitraj sudi (CAS) frantsiyalik yarim himoyachining diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirganini e’lon qildi. Shu tariqa, u 2025 yilning mart oyida rasman futbolga qaytish huquqiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!