Asosiy mazmunga oʻtish

Pogba yangi klub bilan muzokaralarga kirishdi

  • Izohlar: 0
  • Futbol

Hozirda erkin agent bo‘lib turgan frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. 31 yoshli futbolchining MLSda o‘ynash varianti bor.

"TodoFichajes" portalining xabariga ko‘ra, futbolchini "Sharlott" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Pogba doping sababli diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda. U mart oyidan maydonga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachining so‘nggi jamoasi Turinning "Yuventus" klubi bo‘lgan. Shuningdek, xavbek "Manchester Yunayted" tarkibida ham to‘p surgan. Frantsiya terma jamoasi safida u 91 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q