Pogbaning agenti 2 ta super klub bilan muzokaralar o‘tkazdi

  • 8 mart, 2022, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti “Yuventus” va PSJ klublari bilan muzokara olib borgan.

Tecno

Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti yaqinda "Yuventus" va PSJ vakillari bilan mijozining ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib borgan. Pogba hozircha faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, Pogbada “qizil iblislar” bilan ham ham shartnomani uzaytirish imkoniyati bor. MYu rahbariyati unga allaqachon o‘z taklifini bergan.

Pol Pogba joriy mavsum APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!