
Pogbaning akasi o‘z ukasini 13 million evroga tunagani fosh bo‘ldi
“Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan Pol Pogba o‘z akasi Matiasning qurboniga aylandi.
Mashhur futbolchi politsiyaning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish markaziy boshqarmasi tergovchilariga uni bolalikdagi o‘rtoqlari va ikki notanish erkak avtomatlar bilan qo‘rqitganini aytib bergan.
Polning ta’kidlashicha, bu jinoiy guruh futbolchi professional faoliyatini boshlaganidan keyin ularga yordam berishni to‘xtatgani uchun undan 13 million evro talab qilgan. Ular Pogbani 13 yil davomida maxfiy tarzda himoyalab kelganini iddao qilmoqda.
Bu guruh Turinda Pogbani bir necha bor qo‘rqitgan. Politsiya vakillari Pol niqob taqqan jinoyatchilar orasida akasi Matias borligini bilib qolgan. Aynan mana shundan keyin Pogba “Yuventus” yuristlariga murojaat qilgan, ular esa politsiyani ishga solgan.
Fikrlar