Pokonoli "Real"dan uchralgan sharmandali mag'lubiyat haqida: "Biz faqat hafaligimizni tan olishimiz mumkin"
"Monako" bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli Chempionlar ligasida "Real"dan 6:1 hisobidagi mag‘lubiyat sabablarini tushuntirdi.
— "Bernabeu"da Aleksandr Golovinning o‘yinigа baho berish mumkinmi yoki jamoaviy shunday o‘yin fonida buning ahamiyati yo‘qmi?
— Bunday o‘yindan keyin alohida futbolchini ajratib ko‘rsatish juda qiyin. Uchrashuv jamoaviy jihatdan o‘ta og‘ir kechdi va biz hammadan ko‘proq narsa kutgan edik. Reallik shu — bu faqat Golovinga tegishli emas, har bir futbolchiga taalluqli. Biz faqat hafaligimizni tan olishimiz mumkin.
— Kechirasiz, ochiq savol: shunday mag‘lubiyat va Frantsiya chempionatidagi omadсиз seriyadan keyin "Monako"dagi shaxsiy ahvolingiz uchun xavotir sezmayapsizmi?
— Bu futbol hayotining bir qismi. Men klubga oktyabr oyida kelganman, o‘shanda ham jamoa atrofida beqarorlik ko‘p edi. Mening ishim — shu vaziyatni boshqarish, ijobiy ruhni saqlash va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish. Albatta, mag‘lubiyatlardan keyin o‘zingni himoya qilish uchun dalil topish qiyin. Lekin ayta olamanki, murabbiylar shtabi sifatida vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Jarohatdan qaytishi kerak bo‘lgan futbolchilarni, Afrika Kubogiga ketgan o‘yinchilarni qaytarishni kutyapmiz va jamoaga yangi ijobiy energiya berishga umid qilamiz.
— Frantsiyada ishlash siz uchun Belgiyaга qaraganda qiyinroqmi? Axir o‘tgan mavsum "Yunion" bilan chempion bo‘lgan edingiz.
— Asosiy farq bor, deb aytmasdim. Futbol hamma joyda bir xil. "Monako"ga kelish katta umidlar va katta ambitsiyalar degani, bunga tayyor bo‘lish kerak. Men g‘alaba va mag‘lubiyatlarga befarq qaray olmayman. Lekin qaerda ekanimni, nimlarga duch kelishimni yaxshi tushunaman. Va shu bilan ishlashda davom etaman, — dedi Pokonoli Igor Rabinerga "Qsport" uchun bergan intervyusida.
Fikrlar