
Pol Robinson: “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” Chempionlar ligasiga tayyor emas"
Angliya termasi va "Tottenxem" sobiq darvozaboni Pol Robinsonning fikricha, 21 may kuni o‘zaro EL finalida to‘qnashadigan "Manchester Yunayted" hamda "Tottenxem" hali Chempionlar ligasi darajasiga etib bormagan.
"Men avval ham aytgandim — bu ikki jamoa Chempionlar ligasiga hozircha tayyor emas. Ularning ikkalasiga ham ushbu turnir va u orqali keladigan moliyaviy foyda zarur. Ular yozda juda faol transferlarni amalga oshirishga majbur bo‘lishadi, agar yuqori darajada raqobatlashmoqchi bo‘lishsa.
“Manchester Yunayted” kabi tarixiy va katta klub uchun Chempionlar ligasida ishtirok etish odatiy holat edi. Ammo so‘nggi yillarda bu muntazam holatga aylanmadi, ayniqsa hozirgi mavsumdagi holati va murabbiylar almashinuvini hisobga olsak.
“Tottenxem” uchun esa bu trofeyni qo‘lga kiritish, moliyaviy tushumni oshirish va barqarorlik muhim. “Yunayted” esa qaytib, o‘zini yana Chempionlar ligasi bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘lishi kerak" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi sobiq futbolchi.
Fikrlar