Pol Skoulz Donnarummaning "Manchester Siti"ga o‘tishiga shubha bilan qaradi!

  • 3 sentabr, 03:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolining afsonalaridan biri Pol Skoulz Xosep Gvardiolaning Janluiji Donnarummani olish istagiga shubha bilan qaradi.

Tecno

"Menimcha, bu Pep uchun juda g‘alati transfer. Donnarummani juda yaxshi ko‘raman, u ajoyib darvozabon. Agar imkonim bo‘lsa, uni ertagayoq, hatto bugun ham "Manchester Yunayted"ga olib kelgan bo‘lardim.

40 million funt evaziga bu haqiqatdan ham hayratlanarli shartnoma. Lekin Pepning jamoasida darvozabon deyarli yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay olishi kerak.

Shuning uchun ham, menimcha, Enrike undan voz kechdi: Donnarumma oyoq bilan o‘ynashda unchalik kuchli emas. Shaxsan men uni "Manchester Siti" darvozaboni sifatida ko‘ra olmayman", – dedi Skoulz "The Overlap" ko‘rsatuvida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!