Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: "Murabbiy almashgani bilan maqsad o‘zgar maydi"
19 aprel kuni Qo‘qonda vodiý derbisi doirasida “Andijon” jamoasi “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda “Burgutlar” bo‘lajak bahs uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jamoa a'zolari buning uchun mashg‘ulotlarda jiddiy ishlashmoqda va murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida shug‘ullanishyapti.
Jumladan, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov ham jamoadoshlari qatori yuqori suratda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Andijon"ning bugungi mashg‘uloti oldidan klub matbuot xizmati Xoldorxonov bilan qisqacha muloqot o‘tkazdi.
- Po‘latxo‘ja, 19 aprel kuni "Andijon"ni safarda "Qo‘qon-1912"ga qarshi navbatdagi vodiý derbisi kutmoqda. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda va jamoani kayfiyati qanday?
- Assalomu alaykum. O‘yinga tayyorgarligimiz yaxshi ketmoqda. Jamoaning kayfiyati yaxshi va hamma o‘yinga tayyor.
- Ma'lumki, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoamizda murabbiylar almashdi. Ayting-chi, murabbiy yangilanganiidan so‘ng jamoada qanday o‘zgarishlarni sezayapsiz?
- Bilasizmi, murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o‘zgarmaydi. Barcha o‘yinga hammamiz maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Mashg‘ulotlar jarayonida shuni ko‘ryapmizki, bizga dominant futbolni olib kirmoqda. Aynan mashg‘ulotlarda shuni ustida ko‘proq ishlayapmiz.
- Har o‘yinda jon-jahdingiz bilan o‘ynayotganingizga guvoh bo‘lyapmiz. Oldindagi o‘yin uchun qanday motivatsiya olyapsiz?
- Xudo xolasa blajak basda jamoamga limdan kelgancha rdam beramanlbatta mni vazifam gol urish lekin gol urishdan ko‘ra jamoaning muim
- Jamoaning mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Afsuski, o‘yinlarda bizga ko‘pincha omad yetishmadi, deb o‘ylayman. Qayerdadir o‘zimizning xatolarimiz evaziga yutqazdik. Albatta, oldingi xato va kamchiliklardan yetarli xulosalar chiqarib, bo‘lajak bellashuvlarda ishqibozlarimizni g‘alabalar bilan xursand qilamiz.
Fikrlar