Polina Kudermetova nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xitoyning Ninbo shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida WТА 500 tasnifidagi "BNB Ningbo Open" turniri o‘tkazilmoqda. Nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz Kamila Rahimova va Polina Kudermetova navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Asosiy to‘rning ilk davrasida dunyo reytingida 69-o‘rinni egallab turgan Kamila 28-pog‘onadagi chexiyalik tajribali Mariya Buzkovaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jahonning 102-raketka ustasi Polina Kedermetova esa WТА reytingida 38-o‘rinda qayd etilgan Ispaniya vakilasi Kristina Bukshadan ustun keldi. Kudermetovaning nimchorak final bosqichidagi raqibasi dunyo reytingi peshqadami Elena Ribakina bo‘ladi.
Hamyurtlarimizning birinchi davradagi natijalari quyidagicha:
Kamila Rahimova – Mariya Buzkova (Chexiya, 28) 4:6, 4:6
Polina Kudermetova – Kristina Buksha (Ispaniya, 38) 7:6, 6:2
Kudermetovani ikkinchi davradagi quyidagi uchrashuv kutmoqda:
21 oktyabr:
Polina Kudermetova – Elena Ribakina (Qozog‘iston, 1).
Bu haqida МОҚ xabar bermoqda.

Fikrlar