Pore rad etganiga qaramay, Toni Fergyuson "UFC 254"da jang qiladi

  • 13 sentabr, 2020, 20:25
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uaytning ta’kidlashicha, Dastin Pore "UFC 254"da jang qilishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, 24 oktyabr kuni Toni Fergyuson jang qiladi.

"Biz Toni va Dastin qarama-qarshiligi bo‘lishi uchun harakat qilmaymiz. Toni uchun boshqa jang tashkil etamiz. U "UFC 254" turnirida ishtirok etadi." - dedi prezident.

Oldinroq, Pore gonorarning kamligidan norozi bo‘lib, jangda qatnashishdan bosh tortgandi.

Shu yilning may oyida Fergyuson Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lib, Habib Nurmagomedovga qarshi chempionlik jangi uchun kurashish imkonidan mahrum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!