
"Portu" finalda "Chelsi"ni engib, UEFA Yoshlar ligasida g‘olib chiqdi
Kecha UEFA Yoshlar ligasi finalida "Portu" va "Chelsi" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuv 3:1 hisobida portugaliyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Portu” safida gollarga Fabiu Vieyra, Diogu Keyrush va Afonsu Souzalar mualliflik qilishdi. “Chelsi”ning yagona javob to‘pini esa Dayshon Redan kiritdi.
"Portu" - "Chelsi" - 3:1 (1:0)
Gollar: Vieyra, 17 - 1:0, Redan, 53 - 1:1, Keyrush, 55 - 2:1, Souza, 75 - 3:1.
Fikrlar