"Portu" Kasilyas o‘rniga Argentina terma jamoasi darvozabonini sotib oldi
Argentina terma jamoasi darvozaboni Agustin Marchesin faoliyatini Evropada davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, Argentinaning “Amerika” klubi sifatida to‘p surib kelgan Marchesin “Portu” futbolchisiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasga munosib o‘rinbosar sifatida xarid qilindi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli posbon “Amerika” klubi sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi. Argentina terma jamoasi safida esa hozircha 5ta uchrashuvda ishtirok etgan xolos.
Fikrlar