Portugalya terma jamoasi muxlislari Ronald u va Jezush masalasida tortishib ketdi

  • 02.10.2026 20:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kriştianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasini oʻzboshimchalik bilan tark etishi atrofidagi mojaro hali ham tinchigani yoʻq. Juma kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida safarda Daniya ustidan qoʻzongan gʻalabadan soʻng Portu shahriga qaytdi.

Aeroportda jamoani kutib olgan muxlislar ikki lagerga boʻlinib ketdi. Bir guruh ishqibozlar bosh murabbiy Jorje Jezuşdan norozilik bildirish uchun kelgan edi. Ular Ronalduni asosiy tarkibdan chetlash qarori uchun mutaxassisni haqoratli soʻzlar bilan tanqid qildi.

Shu bilan birga, Ronalduning oʻzigʻa qarshi chiqqan muxlislar ham topildi. Natijada ikki tomon oʻrtasida tortishuv va kichik toʻqnashuvlar yuzaga keldi. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun politsiya aralashishiga toʻgʻri keldi, deb yozadi A Bola nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!