Portugaliya. Bugun Rashidovning jamoasi asosiy raqobatchilaridan birining maydoniga safar qiladi

  • 14.04.2019 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan “Nasonal” klubi Portugaliya chempionatining 29-turida safarda “Boavishta” mehmoni bo‘ladi.

Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasonal” ayni damda Primeyra-liga musobaqa jadvalida 27 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 29 ochko bo‘lgan “Boavishta” esa 14-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!