Portugaliya Shveytsariyani tennischa hisobda mag‘lub etdi
Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya va Shveytsariya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda portugallar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Portugaliya tarkibidan Gonsalu Ramush het-trik qayd etgan bo‘lsa, Pepe, Gerreyru va Leau bittadan gol urdi. Raqib safidagi yagona golni Akanji o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Krishtianu Ronaldu 72-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya chorak finalda Marokashga qarshi bahs olib boradi.



Fikrlar