Portugaliya terma jamoasida koronavirus aniqlandi
"Lill" klubining portugaliyalik himoyachisi Joze Fonte koronavirusga chalindi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
36 yoshli futbolchining Portugaliya terma jamoasi qarorgohida koronavirusga qarshi test topshirgan va u musbat natija bergan. U darhol karantinga olingan.
Fonte o‘rniga terma jamoaga "Granada" himoyachisi Domingush Duarte chaqirildi.
Fikrlar