
Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasi final bosqichida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi
Fernandu Santush boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi yaqinlashib kelayotgan UEFA Millatlar ligasi musobaqasining final bosqichida ishtirok etadigan 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Betu ("Gyoztepe"), Joze Sa ("Olimpiakos"), Ruy Patrisiu ("Vulverxempton");
Himoyachilar: Joau Kanselu ("Yuventus"), Nelson Semedu ("Barselona"), Joze Fonte ("Lill"), Pepe ("Portu"), Ruben Diash ("Benfika"), Mariu Ruy ("Napoli"), Rafael Gerreyru ("Borussiya D");
Yarim himoyachilar: Danilu Pereyra ("Portu"), Ruben Nevesh ("Vulverxempton"), Vilyam Karvalyu ("Betis"), Brunu Fernandesh ("Sporting"), Joau Moutinyu ("Vulverxempton"), Pitstsi ("Benfika"), Bernardu Silva ("Manchester Siti");
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Gonsalu Gedesh ("Valensiya"), Rafa Silva ("Benfika"), Diogu Jota ("Vulverxempton"), Diego Souza ("Braga"), Joau Felish ("Benfika").
Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi musobaqasining final bosqich uchrashuvlari 5-9 iyun kunlari Portugaliyada bo‘lib o‘tadi. Final bosqichi yarim finalida Portugaliya Shveytsariya bilan, Gollandiya esa Angliya bilan bellashadi. Juftlik g‘oliblari hal qiluvchi final bahsida maydonga tushishadi.
Fikrlar