Portugaliyada Evropadagi eng katta stadion qurilishi mumkin

  • 22.07.2025 15:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliyaning "Benfika" klubi Evropa qit’asidagi eng katta stadionga egalik qilishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Benfika" rahbariyatining bir qismi 120 ming kishiga mo‘ljallangan yangi arena qurilishini talab qilmoqda. Hozircha portugal klubi menejerlari jamoaning hozirgi stadionida joylarni ko‘paytirish variantlarini izlashmoqda. "Benfika" allaqachon "Tottenxem" stadionini yangilash bilan shug‘ullangan "Populous" arxitektura byurosi bilan maslahatlashuvlarni boshlagan.

Ayni damda "Benfika"ning uy stadioni 68 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Estadio da Lush" hisoblanadi. Evropaning eng katta futbol arenasi "Barselona" o‘ynaydigan "Kamp Nou" hisoblanadi. Stadion 99 mingga yaqin muxlisni sig‘dira oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!