Portugaliyada porlagan yulduz Odil Ahmedov yordam beradi

  • 19.09.2020 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xitoy chempionati etakchisi “Shanxay SIPG” jamoasida bir necha yil muvaffaqiyatli to‘p surgan Odil Ahmedov yaqindagina musobaqa jadvalining quyi qismida joylashgan “Tyantszin Teda” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Bu jamoa vaziyatni o‘nglash uchun tarkibini kuchaytirmoqda. Ana shu maqsadda, “Tyantszin Teda” rahbariyati Portugaliya chempionatida ishonchli o‘yinlari bilan Evropa klublarida qiziqish uyg‘otgan braziliyalik hujumchi Tikinoni sotib olyapti. Tikino ham Odil Ahmedov singari jamoani murakkab vaziyatdan olib chiqishga ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. 

Bu transfer bilan Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Deku shug‘ullanmoqda.

lokomotiv-blizok-k-pokupke-tikino-za-12-mln_160026744314961323

Kelishuvga ko‘ra, xitoyliklar braziliyalik to‘purar uchun “Portu”ga 10 million evro transfer pulini o‘tkazib beradi. Futbolchining Xitoy klubidagi maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi.

Tikinoga Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi ham da’vogarlik qilgandi. Biroq, “temiryo‘lchilar” taklif qilgan 9 million evro transfer uchun kamlik qildi.

Tikino 2017 yili “Portu”ga 5,6 million evro evaziga “Vitoriya” jamoasidan olib kelingan edi. O‘tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Tyantszin Teda” jamoasida ayni paytda Odil Ahmedovdan tashqari germaniyalik Feliks Bastians, ganalik  Frenk Achimpong va braziliyalik Sandro Lima to‘p surmoqda.

Odil Ahmedov “Tyantszin Teda”ga ko‘chib o‘tganidan keyin bu jamoa “V” guruhida uchinchi o‘rinda borayotgan “Shitszyachjuan Ever Brayt” bilan durang o‘ynab, mag‘lubiyatlar seriyasiga barham berdi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!