Portugaliyalik hujumchi yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi!

  • 07.06.2025 10:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau "Milan"ni tark etishni xohlamoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik klub futbolchining bu istagi bo‘yicha xabar topgan. 
 
Ta’kidlanishicha, "rossonerilar" vinger uchun kamida 70 million evro pul olishni istashmoqda. Futbolchiga esa Germaniyaning "Bavariya" qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha tomonlar o‘rtasida faqat muloqotlar va telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘lgan, xolos. 
 
Myunxenliklar hali taklif tayyorlashga kirishmagan. Klub chap qanot hujumchisi o‘rniga turli o‘yinchilarni ko‘rib chiqmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Leau o‘tgan mavsumda A Seriyasining 34 ta o‘yinida 8 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!