
Poytaxtimiz qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi
Poytaxtimiz Toshkent shahri yana bir yirik musobaqaga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari “O‘zbekiston” sport saroyi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur musobaqaga qit’amizning 15 dan ortiq davlatidan 200ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Bunda o‘g‘il bolalar 9 vazn toifasida bellashsa, qiz bolalar 7 vazn toifasida bahslarga kirishadi.
O‘zbekiston terma jamoasini jami 34 nafar sportchi himoya qiladi. Shulardan 18 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 16 nafar qizlardir.
10 noyabr kuni matbuot anjumani, vazn tortish va hakamlar uchun seminarlar o‘tkazilsa, o‘tkazilsa, 11 kuni musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng 3 ta professional jang tashkil qilinadi. Unda Iqboljon Xudoyqulov (70 kg), Bekzod Nurmatov (85 kg) va Muzaffar Rajabov (90 kg) yurtimiz sharafini himoya qilamiz. Ularga Rossiya, Ukrainalik sportchilar raqiblik qiladi.
Fikrlar