
Premer-liga klubi o‘zbek jamoasi bilan o‘ynashini e’lon qildi
Qozog‘istonning “Jenis” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Astanaliklar bu yig‘inda texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqri beshta o‘rtoqlik o‘yinida ham ishtirok etadi.
Qozog‘iston futbolini yoritayotgan manbalarning yozishicha, “Jenis”ning Turkiyadagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan bo‘ladi.
“Jenis” quyidagi jamoalar bilan kuch sinashadi:
7 fevral. “Ufa” (Rossiya);
10 fevral. “Sherif” (Tiraspol, Moldova);
14 fevral. “Samgurali” (Gruziya);
17 fevral. “Akron” (Rossiya);
20 fevral. “Lokomotiv” (Toshkent, O‘zbekiston).
Fikrlar