Prezident Shavkat Mirziyoev: Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim

  • 17 may, 2024, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finalidagi ishtiroki va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirib o‘tdi. 

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning o‘rniga o‘zim bo‘lsam, deyman-da. Nimaga bunday bo‘lishi kerak ekan-a, bittagina to‘p-a? Shunday mahorat ko‘rsatdi, ularning ko‘pi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim. 

Endi biz ham darrov chempion bo‘lamiz deymiz-da. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Bu ham katta yutug‘imiz.

Futbol ham oson ish emas. Bilasizlarmi, hozirda 5-6 ta nafar bolalarimiz dunyoga mashhur jamoalarda to‘p surmoqda. Bundan esa faxrlanaman”, — dedi Shavkat Mirziyoev.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadada "C" guruhida bahs olib boradi. Ushbu guruhda terma jamoamizdan tashqari Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari joy olgan. Terma jamoamiz musobaqadagi ilk uchrashuvini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Parijdagi mashhur "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!