Enrike Rikelme: "Santyago Bernabeu" nomining o‘zgarishi meni qattiq xafa qiladi"

  • 04.06.2026 12:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" prezidentligiga nomzod Enrique Rikelme klubning ehtimoliy sotilishi va "Santyago Bernabeu" stadion nomi oʻzgartirilishi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Klubni sotish haqida qaror qabul qilishdan oldin men referendum oʻtkazgan boʻlardim. Unda klub aʼzolari bu masala boʻyicha ovoz berish imkoniyatiga ega boʻlardi", — dedi Rikelme.

Shuningdek, u klub afsonasi nomi bilan ataluvchi stadionning qayta nomlanishi ehtimoliga ham munosabat bildirdi.

"Santyago Bernabeu" stadioni nomining oʻzgartirilishi meni juda qattiq xafa qiladi", — deya taʼkidladi prezidentlikka nomzod.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!