
Pro liga. 2023 yilgi mavsum to‘purari kim bo‘ldi?
Pro liganing 2023 yilgi mavsumi yakunlandi. Bu mavsum chempionligini "Lokomotiv" 48 ochko bilan qo‘lga kiritdi. Samarqandning "Dinamo" klubi 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
To‘purarlar jadvalida "Qo‘qon-1912" a’zosi Anvar Hojimirzaev 16 ta gol bilan birinchi o‘rinni egalladi. Hojimirzaev "G‘ijduvon"ga qarshi bahsda ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ikkinchi o‘rinni Pro liga vitse-chempionining legioneri Kojo Joel qo‘lga kiritdi. Qirg‘izistonlik futbolchi samarqandliklar safida 11 ta gol urishni uddaladi. Keyingi o‘rinlarni "Mash’al" futbolchisi Sergey Petrov (10ta), "Sho‘rtan" a’zosi Muhriddin Zoirov (9ta) va "Lokomotiv" hujumchisi Rustam Soirovlar egalladi.
Fikrlar