
Pro-liga 7-turidan so‘ng to‘purarlar ro‘yxatida kim etakchilik qilmoqda? (foto)
Pro-liga 7-tur uchrashuvlari yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mazkur turda ham tomoshabinlar bir-biridan qiziq uchrashuvlar guvohi bo‘ldi.
Ushbu tur yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Buxoro" vakili Ro‘zim Ahmedov 6 ta gol bilan etakchi bo‘lib turibdi. "Turon" futbolchisi Humoyun Murtazoev hisobida 5 ta gol mavjud va u jadvalda 2-o‘rinni band etgan.
"Mash’al" hujumchisi Mikolo Agapov, "Xorazm" a’zosi Shahzod Beshimov, "Sho‘rtan" futbolchisi Muhriddin Zoirov va "Andijon" hujumchisi Shahboz Erkinov hisobida bir xil 4 tadan gol mavjud. Ular hozircha jadvalda keyingi o‘rinlarda kelmoqda.
Fikrlar