Asosiy mazmunga oʻtish

Pro liga. “FarDU” “QMU Jayxun”ni, “Aral” esa “BuxDU”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi

Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikkita uchrashuv yakunlandi. 

Birinchi uchrashuvda Farg‘onaning “FarDU” hamda “QMU Jayxun” jamoalari to‘qnash kelishdi va bahs farg‘onaliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “FarDU” safida gollarga Nodirbek Karimov, Murodjon Komilov, Sanjarbek Zokirov va Rizo Ayvazov mualliflik qildi. 

Kunning ikkinchi bellashuvi “BuxDU” va “Aral” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvda qoraqalpoqliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Aral” safida Zulpuqar Kuanishbaev dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Ruslan Qalmaqambetov o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Buxoroliklarning yagona goliga esa Suhrobbek Rahimov mualliflik qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q