Pro liga. Ilk turda ishlaydigan hakamlar ma’lum qilindi!

  • 10 mart, 2024, 16:53
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

12–15 mart kunlari O‘zbekiston Pro ligasining dastlabki tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Dastlabki kunda "Aral" o‘z uyida "Do‘stlik"ni qabul qiladi. Shuningdek, "Mash’al" "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashadi. Ertasi kuni "Sho‘rtan" - "Buxoro" uchrashuvi bo‘lib o‘tsa, 15 mart sanasida "Olimpik MobiUz" - "Xorazm" bahsi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu bellashuvlarda quyidagi shaxslar bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.

"Aral" - "Do‘stlik": Jaloliddin Husnitdinov. 

"Mash’al" - "Qo‘qon-1912": Sultonmurod Abdurahmonov. 

"Sho‘rtan" - "Buxoro": Rustam Choriev. 

"Olimpik MobiUz" - "Xorazm": Temur To‘xtasinov.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!