Pro liga. "Istiqlol" - "Neftchi" uchrashuviga oid ma’lumot

  • 9 sentabr, 2020, 13:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Pro ligada 5-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Neftchi" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Neftchi" matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Farg‘onaning "Istiqlol" hamda "Neftchi" jamoalari shu kungacha o‘zaro bahslarda 6 marotaba kuch sinashgan. 4 ta uchrashuv o‘tgan yilgi Pro liga bahslariga to‘g‘ri kelgan, bitta o‘yin Farg‘ona viloyati Hokimi Kubogi va bitta bellashuv o‘rtoqlik bahsi ko‘rinishida bo‘lgan. Aytib o‘tish joizki, bu qarama-qarshilikda ustunlik xozircha "Istiqlol" jamoasi tomonida bo‘lib turibdi. Ya’ni, 3 ta g‘alaba va 3 ta durang.

Barcha o‘zaro o‘yinlar natijalari esa quyidagicha:

Pro liga 2019 yil

2-tur "Istiqlol"-"Neftchi" 3:2
9-tur "Neftchi"-"Istiqlol" 0:1
16-tur"Istiqlol"-"Neftchi" 1:0
23-tur"Neftchi"-"Istiqlol" 0:0

Viloyat Hokimi Kubogi va o‘rtoqlik o‘yinlarida esa 1:1 durang natijasi qayd etilgan.

Bo‘lib o‘tgan 6ta uchrashuvda "Istiqlol" 6ta to‘p kiritib,o‘z darvozasidan 3ta gol o‘tkazib yuborgan.

Pro liga 5 - tur 9-sentyabr

Yaypan "O‘zbekiston" stadioni 16:30da (Futbol tv)

"ISTIQLOL" – "NEFTChI"

Hakamlar: Akmal Rahimov, Islom Nosirov, Abduxamid Abduraimov

Nazoratchi: Shuxrat Bozorov

Komissar: Jamshid Imomov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!