Pro liga. “Metallurg” “Respublika FA” bilan, “Gʻazalkent” esa “Olimpik MobiUZ” bilan durang oʻynadi
Abdukarim Atayev
Uchrashuv yakunlandi
Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.
Birinchi bellashuv “Metallurg” hamda “Respublika FA” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlandi va bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab, uchrashuvning 28-daqiqasida Abdulvosid Soliev hisobni ochdi. 44-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Azimjon Ahmedov gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Kuning ikkinchi uchrashuvida “Olimpik MobiUZ” va “G‘azalakent” jamoalari to‘qnash keldi. Bu bahsda jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Izohlar (0)