Pro liga. Qaysi uchrashuvlar "Futbol TV" orqali namoyish etiladi?

  • 15 sentabr, 2020, 11:36
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zPFL Pro liganing 8 va 9-tur uchrashuvlari taqvimini e’lon qildi. Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, mazkur turlar doirasidagi 4 ta o‘yin "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

8-tur

24 sentyabr, payshanba

ZOMIN — OQTEPA | Jonli efir

ISTIQLOL — ShO‘RTAN

25 sentyabr, juma 

DINAMO — NEFTChI | Jonli efir

XORAZM — TURON 

9-tur

30 sentyabr, chorshanba

ShO‘RTAN — ZOMIN

ISTIQLOL — DINAMO | Jonli efir

2 oktyabr, juma  

XORAZM — NEFTChI

OQTEPA — TURON | Jonli efir

Ma’lumot uchun, O‘zPFL uchrashuvlar sanalarini belgilashda jonli efirlar masalasi, shuningdek, kuchli beshlik milliy chempionatlaridagi uchrashuvlar taqvimini inobatga olmoqda. Shundan kelib chiqib, ba’zida bir tur o‘yinlari uch kungacha cho‘zilishi, ba’zida esa uchrashuvlar orasida 1 kunlik tanaffuslar bo‘lishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!