Pro liga. So‘nggi turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing!

  • 25.10.2023 18:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Pro liganing 2023 yilgi mavsumi yakunlandi. Bu mavsum chempionligini "Lokomotiv" 48 ochko bilan qo‘lga kiritdi. Samarqandning "Dinamo" klubi 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. 

So‘nggi turda muxlislar "Navbahor-Farm" - "Lokomotiv", "Yunired" - "Aral", "Sho‘rtan" - "Dinamo", "Mash’al" - "Xorazm" va "G‘ijduvon" - Qo‘qon-1912" qarama-qarshiliklari guvohi bo‘ldi.

"Navbahor-Farm" - "Lokomotiv" bahsi mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Ali Abdurahmonov 21 (0:1), Anvar Alijonov 37 (0:2), Ali Abdurahmonov 43 (0:3) va Alijon Alijonovlar 47 (1:3) mualliflik qildi.

"Yunired" - "Aral" o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Asomiddin Mamatov 88-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Norxon Sheripov, 93-daqiqada hisobni tenglashtirdi. "Aral" a’zosi Damir Nizanov 70-daqiqada qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi.

"Sho‘rtan" - "Dinamo" bahsi ancha qizg‘in kechdi. Unda g‘uzorliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Zafar Polvonov 78-daqiqaga kelib hisobni ochgan bo‘lsa, Dushan Miyich 90+14da o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:0). Javlonbek Malikov 90+16-daqiqada penaltidan gol urdi. Bundan tashqari, Zafar Polvonov bugun futbolchilik faoliyatini yakunladi. 

"Mash’al" - "Xorazm" uchrashuvida Kamronbek Abdulhamidov 72-daqiqada kiritgan goli o‘yin taqdirini hal qildi. Bu gol  "Mash’al"ga g‘alaba keltirdi.

"G‘ijduvon" - Qo‘qon-1912" o‘yinida "otishma" bo‘ldi. Qo‘qon jamoasi raqib darvozasiga 8ta gol urdi va o‘z darvozasidan bitta to‘p olib chiqdi. Gollarga Doniyor Ismailov14 (0:1), Doniyor Ismailov 52 (0:2), Anvarjon Hojimirzaev 63 (0:3), Anvarjon Hojimirzaev 66 (0:4), Temur Tulegenov 67 (1:4), Murodjon Komilov 71 (1:5), Shahzod Beshimov 77 (1:6), San’at Shixov 78 (1:7), Avazxon Mamatxo‘jaev 83 (1:8) mualliflik qildi.

Turnir jadvalidagi holat quyidagicha:

java_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!