Professional boks WBA reytingi yangilandi. Ko‘tarilish bor...

  • 02.06.2022 12:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) may oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:

Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,

Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi 13-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi, shuningdek, O‘zbekiston nomi bilan qayd etilgan Botir Ahmedov ham 6-o‘rinni egallab turibdi,

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rin,

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,

Minimum vazn (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!