Professional boksda mag‘lub bo‘lmagan jahon chempionlari bilan tanishing

  • 10 aprel, 2020, 16:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Professional boks olami tarixida ko‘plab super yulduzlar bo‘lgan va ular ajoyib natijalarni qayd etish barobarida muxlislar mehrini ham qozona olishgan. G‘alaba va mag‘lubiyat doimo, yonma-yon yurganidek, buyuk chempionlar faoliyatida ham mag‘lubiyatlar uchrab turgan. Jumladan, Muhammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Menni Pakyao ham bunday og‘ir voqeyliklarning guvohiga aylanishgandi.
Lekin professional faoliyati mobaynida biror marta mag‘lub bo‘lmagan charmqo‘lqop ustalari ham topiladi. Biz bugun, ana shunday mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan 15 ta jahon chempioni haqida ma’lumot beramiz.

Tecno

1. Jek MakOuliffi(Irlandiya)

  “Napoleon uzugi” nomi bilan shuhrat qozongan Jek faoliyati mobaynida 36 ta jang o‘tkazgan va ularning 30 tasida g‘alaba qozonadi. 22 bor raqiblarini nokautga uchratadi. 5 marta durang qayd etgan bo‘lsa, bir jangga aniqlik kiritilmasdan qolgan. U engil vazn toifasida mutloq jahon chempioni (1886-1893 ) hisoblangan.

2. Jimmi Barri (AQSh)

 “Kichik yo‘lbars” nomi bilan mashhur bo‘lgan okean orti vakili professional ringda 68 ta jang o‘tkazadi va ularning 58 tasida g‘alaba qozonadi. Nokautlar soni 39 tani tashkil qiladi. 10 bora durang qayd etgan.  U o‘ta engil vazn toifasida mutloq jahon chempioni (1894-1899) bo‘la olgan.

3. Rokki Marchiano (AQSh)

  Asl ismi Rokko Frensis Markedjiano bo‘lgan ushbu charmqo‘lqop ustasi professional faoliyati mobaynida 49 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozonadi. Ularning 43 tasida nokaut qayd etadi. U og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempion (1952-1956)ligini qo‘lga kiritgan.

rokki

4. Terri Marsh (Angliya)

 Britaniyalik bokschi professional ringda 27 bora jang o‘tkazib, ularning 26 tasida g‘alaba qozonadi. Raqiblarini 10 bora nokautga uchratgan holda bitta jang durang bilan yakunlanadi. U birinchi yarim o‘rta vazn toifasida IBF jahon chempionlik (1987) kamarini qo‘lga kirita olgandi.

5. Pitsich Sitbangprachan (Tailand)

Taylar vakili jami 24 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 18 tasida raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ladi. Shuningdek, u engil vaznda IBF jahon chempionlik (1992-1994) kamarini ham qo‘lga kiritadi.

 6. Kim Chji Von (Janubiy Koreya)

  Mazkur bokschi professional ringda 18 bora jang o‘tkazadi va ularning 16 tasida g‘alaba, 2 bora durang qayd etadi. Nokautli g‘alabalar 7 tani tashkil etadi. Qolaversa, u engil vazn toifasida IBF yo‘nalishining jahon chempionlik kamarini  (1985-1986) qo‘lga kiritadi.

7. Rikardo Lopes (Meksika)

  Atsteklar vakili profida 52 bora ringga ko‘tariladi va ularning 51 tasida g‘alabaga erishadi. Bir marta durang qayd etgan holda, raqiblarini 38 ta bora nokautga tushirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan birga eng engil vazn toifasida WBC (1990-1998), WBO (1997-1998), WBA (1998) birinchi super engil vazn toifasida IBF jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritadi.

8. Mixay Leu (Ruminiya)

  U 28 marta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozonadi. 10 bora nokaut evaziga muvaffaqiyatini tantana qilgan. Yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni (1997 ) bo‘lgan.

9. Sven Ottke (Germaniya) – (34-0-0,6 KO)

2-o‘rta vazn toifasida IBF (1998-2004), WBA (2003-2004) jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Ottke

10. Garri Saymon (Namibiya)- (31-0-0, 23 KO)

Birinchi o‘rta vazn toifasida WBO (1998-2001), o‘rta vaznda WBO (2002) chempionligini qo‘lga kiritgan.

11. Jo Kalzage (Uels) – (46-0-0, 32 KO)

2- o‘rta vazn toifasida WBO (1997-2008), IBF (2006), WBA va WBC (2007-2008) jahon chempioni bo‘la olgandi.

12. Edvin Valero (Venesuela ) – (27-0-0,27 KO)

2-yarim engil vaznda WBA (2006-2008), engil vaznda WBC (2009-2010) jahon chempionligini qo‘lga kirita olgan.

13. Dmitriy Pie (Rossiya) – (20-0-0, 15 KO)

O‘rta vazn toifasida WBO (2010-2012) jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

pirog

14. Andre Uord (AQSh) –(32-0-0, 16 KO)

  Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA (2009-2015), WBC (2011-2015),  yarim og‘ir vaznda WBA, WBO, IBF (2016-2017) yo‘nalishida jahon chempioni...

15. Floyd Meyvezer (AQSh) – (50-0-0, 27 KO)

  Ikkinchi yarim engil vaznda WBC (1998-2002),  engil vaznda WBC (2002-2003), birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBC (2005), yarim o‘rta vaznda IBF (2006), IBO (2006),  WBC (2006, 2007, 2011), WBA (2014), WBO (2015), 1- o‘rta vaznnda WBC (2007), WBA (2012) yo‘nalishlarida jahon chempionligiga erishgan edi. 

 Mazkur 15 nafar jahon chempioni turli davr bokschilari hisoblanadi. Floyd Meyvezer, Jo Kalzage, Andre Uord, Sven Ottke, Rikardo Lopeslar darhaqiqat professional boks olamining tom ma’nodagi yulduzlari hisoblanadi. Ularning ba’zilari 20 dan ortiq himoya janglarini o‘tkazishgan. Lekin ro‘yxatdan biror marta himoya jangida ringga ko‘tarilmaganlar ham uchraydi. Demoqchimanki, mag‘lubiyatlar soni nolga tengligi har doim ham bokschilarning juda yuqori saviyaga ega ekanligini bildiravermaydi. Chunki, bunga etarlicha omillar mavjud. Biroq, tarixda natija qoladi!

Xorij materiallari asosida tayyorlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!