
Professional futbol ligasi katta zarar ko‘rdi
"Canal+" telekanali va Professiona futbol ligasi (LFP) Liga 1 va Liga 2 o‘yinlari translyatsiyasi bo‘yicha shartnomani bekor qilishga kelishib olishdi.
"L'Equipe" nashrida yozilishicha, telekanal Frantsiya Bosh vazirining mamlakat chempionatini davom ettirilmasligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng bu borada kelishuvga erishgan edi.
"Canal+" guruhi prezidenti ligani shartnoma bo‘yicha boshqa to‘lovlar amalga oshirilmasligi to‘g‘risida ogohlantirgan.
Mazkur telekanal ikki liga translyatsiya huquqi uchun 37 mln evro to‘ladi. Umuman, Liga 1 va Liga 2 uchrashuvlari namoyishi ortidan LFP "beIN Sports", "Canal+" va boshqa telekanallardan 243 mln evro daromad olishi kerak edi.
Fikrlar