
Prokuratura transferlarni tekshirmoqda. Nishonda kimlar?
Federal prokuror Juzeppe Kine Italiya A Seriyasining 62 ta transferini taftish qila boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu transferlarning summasi haddan tashqari darajada sun’iy oshirilgan.
Asosiy nishonda “Yuventus” turibdi. Turin klubining 42 ta transferi prokurorda shubha uyg‘otmoqda. Manbalarning bildirishicha, turinliklar 21 nafar futbolchining transferiga 90 million evro sarflaganini qayd etgan, amalda esa bor yo‘g‘i 3 million evroga futbolchi sotib olingan.
Shuningdek, “Napoli”ning 20 millionga to‘rt nafar o‘yinchi olgani ham tekshirilmoqda. Ulardan ikkitasi D Seriyada, bittasi S Seriyada o‘ynayotgan bo‘lsa, to‘rtinchisi umuman hech qaysi jamoada ko‘rinish bergani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, tekshirilayotgan transferlar 2019-2021 yillar davomida amalga oshirilgan. Xususan, Marli Ake, Franko Tondji, Viktor Osimxen kabi o‘yinchilarning transferi ham shubha ostiga olindi.
Fikrlar