
PSJ - "Ar-Riyod yulduzlari" bahsida 9 ta gol kiritildi, Ronaldudan dubl
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan PSJ hamda "Al-Hilol" - "An-Nassr" yulduzlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsi yakuniga etdi. Unda parijliklar 5-4 hisobida g‘alaba qozondi.
Frantsuz klubi safida Messi, Markinos, Ramos, Mbappe va Ekitike gol urgan bo‘lsa, qarama-qarshi tomonda Ronaldu dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Jang ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, Messi hamda Ronaldu ushbu uchrashuvda 60-daqiqa harakat qildi.
Fikrlar