
PSJ - "Real" qarama-qarshiligida kimning imkoniyati yuqori? Ushbu jamoalarning sobiq futbolchisi bu savolga javob berdi
"Real" va PSJ klublarining sobiq hujumchisi Nikolya Anelka Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi Madrid va Parij jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda qayd etilishi mumkin bo‘lgan natijalar haqida o‘rtoqlashdi.
"Ushbu o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin, chunki bu finaldan oldingi final. Ikki buyuk va ajoyib jamoa o‘ynaydi. Men tajriba nuqtai nazaridan "Real"ga kichik ustunlik beraman. Ular bu bosqichlarda juda yaxshi o‘ynashadi. Lekin PSJda ajoyib futbolchilar bor, ular istalgan natijaga erishish uchun hamma narsaga qodir”, - dedi frantsiyalik sobiq futbolchi.
PSJ va "Real" o‘rtasidagi birinchi o‘yin 15 fevral kuni Parijda, javob uchrashuvi 9 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar