PSJ 2001 yildan beri eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda

  • 03.04.2023 14:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining 29-turida PSJ - "Lion" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va poytaxt klubi yana mag‘lub bo‘ldi (0:1). Ma’lum bo‘lishicha, bu Parij gigantining 2023 yildagi barcha turnirlarni hisobga olgan holda o‘tkazilgan o‘n sakkizta uchrashuvdagi sakkizinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

2001 yildan beri klub tarixida bunday ko‘rsatkich bo‘lmagan. O‘shanda jamoa mavsumning dastlabki o‘n sakkizta o‘yinida jamoa 9 ta mag‘lubiyatga uchragan.

Liga 1 ning navbatdagi, 30 -turida PSJ safarda "Nitstsa" bilan o‘ynaydi. "Lion" o‘z maydonida "Renn"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!