
PSJ 3 ta futbolchisining transferidan salkam 100 million evro ishlab olmoqchi
PSJ rahbariyati mavsumlar oralig‘ida nafaqat tarkibni tozalashga, balki shu orqali jamoa g‘aznasiga yaxshigina mablag‘ tushirishni rejalashtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sotiladigan futbolchilar ro‘yxatiga 11 nafar futbolchi kiritilgan va ularning ba’zilari uchun klub ma’lum miqdorda pul ishlab olishni rejalashtirgan: masalan, yarim himoyachi Leandro Paredes 35 million, himoyachi Abdu Diallo 30 millionga, yosh hujumchi Arno Kalmuendo esa 25 million evroga baholanmoqda. Poytaxt klubining kelajakdagi rejalariga kiritilmagan har uchala futbolchining umumiy foydasi taxminan 90 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Turinning "Yuventus" klubi Leandro Paredesni sotib olishga qiziqmoqda. "Milan" esa Abdu Dialloni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Arno Kalmuendoga ingliz klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar