
PSJ 3 yildan so‘ng yana Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqa oldi
Killian Mbappening orzularidan biri bu jamoasi bilan Chempionlar ligasini yutish ekanligini yaxshi bilasiz. Katta ehtimol bilan, PSJda so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan frantsuz bunga yaqinlashmoqda ham.
Parijliklar so‘nggi marta 2020/21 mavsumda ChL 1/8 bosqichiga chiqa olgandi. O‘shanda klub "Barselona"ni taslim qilgan. Dastlabki bahsda Mbappe xet-trik qilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkandi.
Shundan keyin parijliklar chorak finalga chiqa olgani yo‘q. Keyingi mavsumda jamoani nimchorak finalida "Real" to‘xtatdi. Birinchi o‘yinda Mbappening goli PSJning keyingi bosqichga yo‘l olishiga ishonch bag‘ishlagan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda madridliklar kambek qilgandi. Eng qizig‘i javob bahsida ham hisobni Kilian ochdi. Benzema esa xet-trik bilan javob qaytardi.
2022/23 mavsumda Parij jamoasi guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqadi va pley-offda "Bavariya"ga to‘qnash keladi. Ikkala o‘yinda ham "nemis mashinasi" PSJga imkon qildirmay, ishonchli tarzda g‘alaba qozonadi.
Oradan 3 yil o‘tib PSJ yana chorak finalga yo‘l oldi. "Real Sosedad" to‘sig‘idan qiynalmasdan o‘tib olgan jamoaga Mbappening gollari katta yordam berdi. Hujumchi ayni paytda 6 ta goli bilan turnir to‘purari bo‘lib turibdi. Shuningdek, Xarri Keyn hisobida ham 6 ta gol mavjud.
Fikrlar