PSJ "Barselona" futbolchisini nishonga oldi
"Barselona" futbolchisi Pedro Fernandes faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan xabarlarga koʻra, Parij klubi "Barselona"ning yosh yulduzining oʻyinlariga qiziqib qolgan. Avvalroq, Ispaniya OAVlari 18 yoshli futbolchi jamoadoshlariga tez orada PSJga koʻchib oʻtishini aytgani haqida mish-mishlar paydo boʻlgan edi. Romanoning taʼkidlashicha fransuzlar rostdan ham istiqbolli futbolchiga allaqachon taklif bilan chiqqan. Tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda. PSJ futbolchi uchun 6 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini maʼlum qilgan. Uning shartnomasida aynan shunday tovon puli belgilangan.
Maʼlumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 8ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar