«PSJ» «Barselona» futbolchisini sotib olmoqchi – narxi 110 mln yevro
«PSJ» «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopesni sotib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Frantsiyaning yetakchi klublaridan biri hisoblangan «PSJ» «Barselona» tarkibidagi yana bir futbolchiga ko‘z tikdi. Parij jamoasi yarimhimoyachi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Manbaga ko‘ra, «PSJ» rahbariyati ispaniyalik yarimhimoyachini transferi bo‘yicha «Barselona»ga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Fermin Lopesga faqat fransuz klubi emas, Angliyaning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. London klublari 23 yoshli futbolchining rivojlanishi va o‘yindagi o‘sishini yaqinidan kuzatib bormoqda.
Lopesning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Unga qo‘yilgan to‘lov miqdori 110 million yevro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yozgi transfer oynasida «PSJ» kataloniyaliklardan hujumchi Ferran Torresni sotib olgan edi.

Izohlar (0)