PSJ bir mavsumda beshta sovrinni qo‘lga kiritdi

  • 31.05.2026 00:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Luis Enrique shogirdlari Chempionlar ligasi finalida "Arsenal"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, navbatdagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

PSJ 2025/26 yilgi mavsumni beshta sovrin bilan yakunladi.

Bundan avval parijliklar Fransiya chempionati, Fransiya Superkubogi, UEFA Superkubogi hamda Qit’alararo kubokda ham g‘olib chiqqan edi. Faqat Fransiya kubogida PSJ omadi kelmadi — jamoa 1/16 finalda "Parij"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!