PSJ bir necha soatdan so‘ng o‘z o‘rnini bo‘shatishi mumkin

  • 1 may, 2021, 23:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Frantsiya chempionatida "Lans" bilan kuch sinashdi va murosasiz kechgan bahsda qiyin g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda parijliklar safida Neymar Va Markinos tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar futbolchisi Ignatius Ganago bitta bilan javob berdi 2:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Maurisio Pochettino shogirdlari turnir jadvalida vaqtincha birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ayni payt PSJ hisobida 75 ochko mavjud.

Ikkinchi pog‘onadagi "Lill" bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 73 ochkoga ega. Hozir "Lill" ishtirokidagi bellashuv ham start oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!