PSJ De Xea uchun MYuga qancha taklif qilmoqchi?

  • 26 aprel, 2019, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi rahbariyati yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeani qo‘lga kiritishga urunib ko‘rmoqchi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 28 yoshli ispaniyalik posbonga jamoada doimiy asosiy tarkibda tushishni va sovrinlar uchun kurashishni va’da qilmoqda. MYuga esa uning transferi uchun 70 mln evro taklif qilishmoqchi.

O‘z navbatida De Xea agar “qizil iblislar” mavsum yakuniga ko‘ra EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, u jamoadan ketadi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!