PSJ etakchilari jamoani tark etishi mumkin
PSJ hujumchisi Edison Kavani va himoyachi Tiago Silva jamoani bepul tark etishlari mumkin.
Ikki futbolchining shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Parijliklar ushbu futbolchilar bilan bitimni uzaytirishga umid qilishmayapti.
35 yoshli himoyachi bilan yangi shartnoma tuzishni PSJ ma’qul ko‘rmayapti.
Klubning sport direktori Leonardo 32 yoshli Kavani bilan shartnomani uzaytirishni istagan edi, ammo futbolchining jarohati rejalarni o‘zgartirib yubordi.
Kavanining o‘zi PSJda qolishni istashini yashirib o‘tirmayapti va rahbariyat bilan yangi bitim borasida kelishuv amalga oshishini xohlamoqda.
Agarda urugvaylik futbolchi jamoani tark etsa, unga "Atletiko", "Napoli", "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari tomonidan qiziqishlar mavjud.
PSJ klubi o‘z yarim himoyachisi Marko Verratti va himoyachisi Markinos bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.
Fikrlar