PSJ "Everton" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 04.10.2020 13:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi "Everton" forvardi Moyze Kin transferi ustida ish olib bormoqda. Bu haqida "Goal.com" nashri xabar tarqatdi.

Parijliklar uni yaqinda jamoani erkin agent sifatida tark etgan Edinson Kavaniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, Kin asosiy tarkib uchun Mauro Ikardi bilan kurash olib borishi umid qilinyapti. Italiyalik forvardning transfer narxi 25 mln evroga baholanmoqda.

Bu kelishuvga 20 yoshli futbolchi qarshilik qilmasligi taxmin qilinmoqda. Boisi, so‘nggi o‘yinlarda unga asosiy tarkibdan joy topilmayapti. Moyze Kin "irischilar" safida umumiy 37 o‘yinda harakat qilib, 4 ta gol va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!